“Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi

© AFP 2023 / TAYLOR CRULAmerikanskiy voyenniy v aeroportu Kabula, 20-avgusta 2021 goda
Amerikanskiy voyenniy v aeroportu Kabula, 20-avgusta 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar AQSh 31-avgust kuni barcha qurolli kuchlarini olib chiqib ketishga va’da berishganini eslatdi.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. “Tolibon”* harakati vakili Suhayl Shohin AQSh va Britaniyaga evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt berilmasligini ma’lum qildi.
“Bu qizil chiziq. Prezident Bayden 31-avgust kuni ular barcha qurolli kuchlarini olib chiqib ketishini e’lon qilgan. Shu bois, agar ular cho‘zishsa (bo‘lib turishlarini), bu ular istilo qilishni kengaytirayotganliklarini anglatadi, garchi bunga zarurat yo‘q bo‘lsada”, - dedi Shohin Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
“Agar AQSh yoki Buyuk Britaniya evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt so‘rasa, rad etiladi. Aks hola buning oqibatlari bo‘ladi”, - dedi u.
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Toliblar Panjsherga hujum qilishga shaylanishmoqda

Afg‘onistondagi vaziyat

Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.
15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan.
16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0