Siyosat

“UzAuto Motors” kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi

© Press-slujba UzAuto MotorsBu Andersson
Bu Andersson - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Shvetsiyalik Bu Andersson "UzAuto Motors" va "UzAutoMotors Powertrain"larning bosh direktori boʻldi.
TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Bu Andersson "UzAuto Motors" va "UzAuto Motors Powertrain" bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2017 yildan buyon tayinlovga qadar Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan "Yazaki Europe, Africa, North & South America" korporatsiyasiga rahbarlik qilgan.
65 yoshli shvetsiyalik mutaxassis (1955 yilda tugʻilgan) 2009 yildan 2013 yilgacha "Gruppa GAZ" korxonasiga prezident etib tayinlangan. 2014 yildan 2016 yilgacha "AvtoVAZ" OAJ prezidenti boʻlgan.
Avtomobili UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Jamiyat
UzAuto navbatni sotishni biznesga aylantirgan shaxslarni aniqladi
1993 yildan 2009 yilgacha xarid yoʻnalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001−2009 yillarda "General Motors"ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. Bungacha u Shvetsiyada harbiy faoliyatini davom ettirishga harakat qilgan.
Bungacha “GM Uzbekistan”ni (keyinchalik “UzAuto Motors”) 2016 yildan beri Rustam Radjabov boshqarib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala