Iqtisod

Afgʻonistondagi voqealar oʻzbek elektr energiyasini yetkazib berishga taʼsir koʻrsatdimi

Linii LEP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Oʻzbekiston odatdagi ravishda Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berishni davom ettirmoqda.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Qoʻshni mamlakatdagi notinch vaziyatga qaramasdan, Oʻzbekiston odatdagi ravishda Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib bermoqda. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Energetika vazirligi vakili maʼlum qildi.
“Elektr energiyasini yetkazib berish davom ettirilmoqda, muammo yoʻq”, - degan manba.
Vazirlik vakili yoz oylarida afgʻon tomoni Tojikistondan importning oshishi sabab Oʻzbekistondan elektr energiyasi isteʼmolini anʼanaviy ravishda kamaytirishini aytgan.
S kompaniyey Masdar podpisanы soglasheniya po dvum solnechnыm elektrostantsiyam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Iqtisod
“Masdar” bilan ikkita quyosh elektr stantsiyasini qurish boʻyicha shartnomalar imzolandi
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afgʻonistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi (DABS) oʻrtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolagan.

Afgʻonistondagi vaziyat

Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashgan: soʻnggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qoʻlga olgan.
15 avgust kuni “Tolibon”* aʼzolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf Gʻani “qon toʻkilishining oldini olish maqsadida” Afgʻonistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan.
16 avgustga oʻtar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq boʻlishini maʼlum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala