Madaniyat

Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda

© SputnikNachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Nachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi oʻz ish faoliyatini boshladi.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun “Ipak yoʻli durdonasi” XIIIToshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi – shtabi oʻz faoliyatini boshladi. Uning toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun “Oʻzbekfilm” kinokontsernida alohida pavilon tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Bugungi tadbir bahona turli tashkilotlarning ijodiy kuchlarini birlashtirishni niyat qilganmiz, - deydi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. - Biz ushbu kinoanjumanni yuqori darajada oʻtkazishimiz lozim, chunki juda koʻp xorijlik ijodkorlar, Toshkent festivalining ilgarigi ishtirokchilari ham shunday istak bildirishayapti – toki eski anʼanalar yangi shaklda davom etsin”.
© SputnikNachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Nachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Nachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Agentlik matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Toshkent festivalining tarixi sinchiklab oʻrganib chiqilgan – oʻsha paytda qanday tadbirlar oʻtkazilgan, qanday oʻziga xosliklar boʻlgan – va bularning barchasi 28-sentyabr – 3-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan festivalda yangi koʻrinishda aks etadi.
Festival kun tartibi nihoyatda tigʻiz, shu sababli anjuman doirasidagi ijodiy tadbirlar ancha oldinroq boshlanadi. Misol uchun, 6-30 sentyabr kunlari “Adiblar xiyoboni” turkumidagi filmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.
“Dunyo kinosi yangi Oʻzbekistonda” yosh kinoijodkorlar festivalida ishtirok etish uchun shu paytga qadar 2000 ta film taqdim etildi. Ishchi guruh ularni koʻrib chiqishni boshladi.
© SputnikNachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Nachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Nachal rabotat shtab rabochey gruppы Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Yana bir qiziqarli tadbir – “Kino 5 kunda” deb nomlanadi. Unga koʻra, har biri toʻrt kishidan iborat ijodiy guruhlar Oʻzbekistonning tarixiy va eʼtiborga molik maskanlariga yuboriladi. Ular besh kun davomida film yaratib, hayʼat hukmiga havola etadi. Bu yoʻnalish ham xorijliklarda kuchli qiziqish uygʻotyapti.
“Mazkur kino bayrami yoshlar uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini oʻtaydi. Yoshlar men ham festivalda qatnashsam, deb orzu qiladi, shunga intiladi”, - deydi taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov.
Koʻpchilikni qiziqtirgan savollardan biri – festivalga jahon kino yulduzlari ham tashrif buyuradimi? Agentlik bosh direktorining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mashhur ijodkorlarning ishtiroki boʻyicha bir qancha kelishuvlarga erishilgan, yana ayrimlari bilan muzokaralar davom etmoqda.
“Lekin hozircha ularning kimligi sir boʻla qolsin, vaqti kelganda, albatta oshkor qilinadi”, - dedi Firdavs Abduxoliqov.
Festival doirasida eng ahamiyatli voqealardan biri 1 oktbr kuni boʻlib oʻtishi kutilayapti – shu kuni Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilish marosimi oʻtkaziladi. Darvoqe, festivalda rossiyalik kinoijodkorlar ham bir nechta film bilan ishtirok etadi.
Bugungi kunda kinoanjuman dasturidan oʻrin olgan kartinalarni oʻzbekchalashtirish ishlari davom etmoqda. Ular nafaqat poytaxtda, balki Respublikaning barcha hududlarida namoyish etiladi. Shu maqsadda 30-sentyabr kuni Toshkentda va viloyatlarda oʻnga yaqin yangi kinoteatrlar ochiladi.
Mesta v kinozale - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali oʻtkaziladigan sana maʼlum boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala