O‘zbekistonliklarni Rossiyadan olib kelish uchun ikkita maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
“Voljskiy – Toshkent” va “Tolyatti – Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlarning maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga olib kelish maqsadida ikkita maxsus poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezd 2021-yil 27-avgust kuni soat 20:57 da "Voljskiy - Toshkent" yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Shuningdek, 30-avgust kuni “Tolyatti – Toshkent” yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo‘naydi.
Vaksinatsiya ot COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Rossiyaga ketayotgan migrantlar emlanishi shartmi - mutaxassis javobi
Ta’kidlanishicha, mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” hamda “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi.
Chiptalarni e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali elektron tarzda xarid qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0