Rossiya

Migrantlar oʻrtasida yana ommaviy mushtlashuv: bittasi kasalxonada, toʻrt nafari hibsga olingan

© Sputnik / Andrey Varenkov / Fotobankka oʻtishDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Hodisa Sankt-Peterburgda roʻy bergan, jabrlanganlar bor
TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Oʻtgan dam olish kunlarida Sankt-Peterburgda chet el fuqarolari oʻrtasida toʻqnashuv roʻy berdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda.
Xabarga koʻra, tojikistonlik va oʻzbekistonlik migrantlar 22 avgust kuni Krasnoselskaya shosse yaqinidagi uyning oldida mushtlashishgan.
Ommaviy toʻqnashuvda 25 kishi ishtirok etgan. Mojaro ishtirokchilaridan biri pichoqdan olingan jarohatdan soʻng ogʻir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Migratsiya
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi
Mushtlashuvning toʻrt ishtirokchisi qoʻlga olingan, ulardan biri deportatsiya qilinishi mumkin.
Migrantlarning yana 14 nafari ilgariroq politsiya boʻlinmasiga yetkazilgan. Taxminlarga koʻra, ular ham ommaviy mushtlashuvda ishtirok etishgan, ammo unchalik katta boʻlmagan jarima toʻlab, hibsxonadan chiqishga muvaffaq boʻlganlar.
Migrantlar oʻrtasidagi mojaro sabablari aytilmayapti, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala