Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishUilyam Berns i Maykl Makfol posetili MID RF
Uilyam Berns i Maykl Makfol posetili MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
“The Washington Post” AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori “Tolibon”* harakati siyosiy yetakchilaridan biri bilan yashirincha uchrashganini xabar qildi.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (Central Intelligence Agency, CIA) direktori Uilyam Berns “Tolibon”* harakati siyosiy yetakchilaridan biri Abdul Gʻani Barodar bilan yashirincha uchrashdi. Bu haqda “The Washington Post” Amerika maʼmuriyatidagi manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, uchrashuv 23 avgust kuni Kobulda boʻlib oʻtgan. Bu toliblar Afgʻonistonni egallab olgandan keyin AQSH va ular oʻrtasidagi bunday darajadagi birinchi muzokaralar ekani aytilmoqda.
Nashrning yozishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Bernsni Kobulga u yerda avakuatsiya ishlarini oʻtkazish munosabati bilan yuborgan. Taxmin qilinishicha, uchrashuvda tomonlar 31 kuni yakunlanishi kerak boʻlgan Kobuldagi NATO mamlakatlarining evakuatsiya muddatini uzaytirish masalasiga toʻxtalishgan.
Amerikanskiy voyennыy v aeroportu Kabula, 20 avgusta 2021 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon” AQSH uchun “qizil chiziq” belgiladi
MRB bu xabar yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Barodar toliblarning birinchi hukumatida mudofa vazirining oʻrinbosari lavozimini egallagan edi. 2010 yilda u MRB va Pokiston maxsus xizmatlarining qoʻshma operatsiyasi natijasida hibsga olingan. Keyingi sakkiz yilni qamoqda oʻtgangan. 2018 yilda uni ozod qilishdi, bu Vashington va toliblar oʻrtasidagi siyosiy kelishuvlarning birinchi qadami boʻldi. 2020 yilda Barodar Qatarda AQSH bilan bitim imzoladi, u Amerika qoʻshinlarini Afgʻoniston olib chiqib ketishni nazarda tutardi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Prezident kerakmas: Afgʻonistonni bir necha kishi boshqaradi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala