OAV: sobiq afg‘on vaziri Germaniyada kuryer bo‘lib ishlamoqda

© Depositphotos.com / PuhhhaDevushka poluchayet posilku
Devushka poluchayet posilku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Afg‘onistonning sobiq aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Said Ahmadshoh Sadat 2020-yildan buyon Germaniyada yashaydi va oziq-ovqat yetkazib beruvchi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda “Leipziger Volkszeitung” gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sadat 2018-yilgacha Afg‘oniston hukumatida ishlagan. O‘sha paytda uning asosiy vazifalaridan biri telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishdan iborat bo‘lgan.
U 2020-yil dekabrida Germaniyaga kelgan va puli tugagandan keyin ish topgan.
“Endi oddiy hayot kechirmoqdaman”, - deya uning so‘zlarini keltiradi gazeta. Erkak kelajakda “Telekom” kompaniyasiga ishga kirishga umid qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0