Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi

© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistana po ekologii i oxrane okrujayushey srediAlisher Maksudov
Alisher Maksudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Alisher Maqsudov 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi keskin tanqidiy ruhda o‘tmoqda.
Alisher Maqsudov sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun ishdan bo‘shatilgan.
U 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi.
Alisher Maqsudov 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2017 yildan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga tayinlangunga qadar "O‘zpaxtasanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0