Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi

© AP Photo / Rahmat GulBoyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Toliblarga prezident kerak emas, shu bois, "Tolibon"* harakati Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengashni tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. "Tolibon"* Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengashni shakllantirishni rejalashtirmoqda, kengashga mamlakatning oldingi hukumatidan ayrim a’zolar ham jalb etiladi, deb xabar berdi Foreign Policy jurnali harakat yetakchilariga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, toliblar Afg‘onistonda prezident yoki boshqa yakka yetakchi lavozimini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Ahmad Ma’sud toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi
Shu bilan, qayd etilmoqdaki, yangi afg‘on hukumati kengashidagi uch nafar eng obro‘li shaxslar toliblarning siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar, "Tolibon"* harbiy komissiyasi rahbari Moulavi Yakub va "Haqqoniy tarmog‘i" diversion uyushmasi rahbari Sirojiddin Hakkoniy bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, bundan oldingi, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan hukumat a’zolariga vazirliklarda va ular xohishiga ko‘ra, yangi hukumatda lavozimlar taklif etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yakub va Barodarga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar boshqaruv kengashi tarkibida mashhur dala qo‘mondoni Axmad Shoh Mas’udning o‘g‘li kichik-Ahmad Shoh Mas’udni ko‘rish istagini bildirganlar.
*- "Tolibon" harakati Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda terroristik uyushma sifatida tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0