Hodisalar

Qarshilik erkak doʻstining koʻziga toʻpponchadan oʻq uzdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishAptechka
Aptechka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Choʻmilish davomida ikki doʻst oʻzaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik toʻpponcha bilan suvga tushgan V.F.ning koʻz sohasiga bir marotaba oʻq uzgan.
TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida koʻlga choʻmilgani borgan erkak doʻstining koʻziga toʻpponchadan oʻq uzib, ogʻir tan jarohati yetkazdi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni kunduzi I.B. ismli shaxs tanishi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi koʻlga choʻmilishga borgan.
Nagrada nashla geroya: istoriya malchika, kotorыy spas druga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2019
Video
Doʻstini qaynoq suvli quduqdan qutqargan bola medal bilan taqdirlandi
Choʻmilish davomida ikki doʻst oʻzaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik toʻpponcha bilan suvga tushgan V.F.ning koʻz sohasiga bir marotaba oʻq uzgan.
Shundan soʻng V.F. Qashqadaryo viloyati Koʻz kasalliklari shifoxonasiga oʻz ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini maʼlum qilib, tibbiy yordam soʻrab borgan, biroq holat boʻyicha IIBga murojaat qilmagan.
Viloyat Koʻz kasalliklari shifoxonasining yoʻllanmasi bilan Toshkent shahriga kelgan V.F.ni Respublika Koʻz kasalliklari klinikasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifoxona maʼmuriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Ushbu xabar yuzasidan toʻplangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala