Siyosat

Sanobar Nosirova Boʻston tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
U tayinlovga qadar Qoʻrgʻontepa tumani "El rizqi non" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlgan.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobar Nosirova tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Nosirovaning nomzodi Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullangan.
© Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiSanobar Nosirova Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sanobar Nosirova Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Sanobar Nosirova Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sanobar Nosirova 1970 yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005 yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yili Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Savoy qishloq xoʻjalik texnikumida oʻqituvchilikdan boshlagan.
Turli yillarda "Gʻallabank"ning Qoʻrgʻontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida va Qoʻrgʻontepa tumani "Buyuk turon invest" kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2016 yildan tayinlovga qadar Qoʻrgʻontepa tumani "El rizqi non" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Boʻston tumanining sobiq hokimi Sadbarxon Mamitova 56 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala