Hodisalar

Toshkentda erkak oʻgʻli bilan urishib qolgan 11 yoshli bolani doʻpposladi

Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Chilonzorda bolalar tortishuviga aralashgan ota 11 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida katta yoshdagi kishi yosh bolani urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, 22 avgust kuni D.Oʻ. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, oʻgʻlini urgan qoʻshnisiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Aniqlanishicha, shu kuni soat 14:00 larda Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi yosh bolalar oʻzaro urishib qolgan. Ularning tortishuviga bolalardan birining otasi 35 yoshli Q.B. aralashgan. U voyaga yetmagan 11 yoshli bola K.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Voyaga yetmagan K.A.ga yetkazilgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala