Dunyoda

Xitoy marsoxodi Mars boʻylab bir kilometrdan oshiq yurib qoʻydi

Poverxnost Marsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritishdan iborat.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Xitoyning "Chjujun" apparati Mars sathi boʻylab bir kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtdi, deb xabar qildi XXR Markaziy televideniyesi.
Kanal maʼlumotlariga koʻra, marsoxod Qizil sayyora landshaftining oʻziga xosliklari, uning tuprogʻi va ob-havosi haqida maʼlumot toʻplagan.
Curiosity Rover marsoxodi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2016
Madaniyat
NASA marsoxodi Mars qumi namunalarini oʻrganishga kirishdi
Xitoyning Marsni tadqiq qilish uchun moʻljallangan "Tyanven-1" apparati oʻtgan yilning 23 iyulida Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi. "Chjujun" marsoxodi 15 may kuni Marsning janubiy qismidagi Utopiya nomli yalangligida qoʻndi.
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritish.
Eslatib oʻtamiz, hozirda Marsda NASAning Curiosity (2012-yilning avgustida qoʻngan) va Perseverance (2021-yilning fevrali) marsoxodlari mavjud. Apparatlar chuqur geologik va geokimyoviy tadqiqotlarni oʻtkaziB atmosferani oʻrganishmoqda, suv va organikani izlash bilan shugʻullanib, sayyora sathini suratga tushirish bilan shugʻullanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala