Jamiyat

“Zahri qotil”: Toshkentda 1,3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi — video

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv
Meropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Oʻtgan yili respublikada noqonuniy muomaladan 1,54 tonna giyohvand moddalar musodara qilingan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga koʻp.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati 24 avgust kuni respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvand moddalarini yoʻq qilish boʻyicha navbatdagi tadbir oʻtkazdi.
1 350 kg yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 6032 ta, yaʼni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz koʻproq jinoyat fosh etilgan.
Ulardan 1814 tasi narkotik moddalarni oʻtkazish-sotish, 304 tasi kontrabanda, 1521 tasi taʼqiqlangan oʻsimliklarni yetishtirish, 49 tasi bangixonalar tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, boshqa turdagi narkojinoyatlar 2344 tani tashkil etgan.
2020 yilda respublikada noqonuniy muomaladan 1 tonna 542,6 kg yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga koʻp narkotik moddalar musodara qilingan.
Ular 28,4 kg – geroin, 124,1 kg – opiy, 323,9 kg – koʻknor, 127,3 kg - gashish moyi (nasha moyi), 223,9 kg – gashish, 692,8 kg – marixuana, 279,4 gr – kokain, 1229,7 gr. - sintetik narkotik moddalar, 446.98 gr - boshqa narkotik moddalar (eutilon - amfetamin guruhiga oid etilon narkotik moddasining analogi, metamfetamin, mefedron, LSD (lizergin kislotasi) va boshqa turdagi narkotik moddalar) va 19,96 kg - tarkibida narkotik moddalar boʻlgan dori vositalardir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala