Iqtisod

Birinchi yarim yillikda qaysi sohalar eng koʻp byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirgan

© Pexels / KuncheekMujchina schitayet dengi
Mujchina schitayet dengi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
2021 yil birinchi yarim yillikda oʻtkazilgan 3 480ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd soʻm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligi 2021 yil birinchi yarim yilligida davlat tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan moliyaviy moliyaviy qonunbuzilishlar haqida maʼlumot berdi.
Nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd soʻm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan.
Hisobot davrida byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha aniqlangan moliyaviy qonunbuzilish holatlari 120,1 mlrd soʻmni, shundan naqd pul mablagʻlarini oʻzlashtirish va kamomadlarga yoʻl qoʻyish holatlari 25,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Vazirliklar va tashkilotlar boʻyicha qonunbuzilish holatlari:
Xalq taʼlimi vazirligi - 65,2 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020 yilning mos davriga (21,5 mlrd soʻm) nisbatan 3 martaga koʻproq;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi - 59,3 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilishi (2020 yilning birinchi yarim yilida 981 mln soʻm);
Maktabgacha taʼlim vazirligi - 59,2 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilishi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 martaga koʻproq (7 mlrd soʻm);
Sogʻliqni saqlash vazirligi - 41,7 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 2,9 martaga koʻproq (14,1 mlrd soʻm).
Jumladan, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 24,1 mlrd soʻm, Suv xoʻjaligida (6,8 mlrd soʻm), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd soʻm), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi (5,2 mlrd soʻm), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd soʻm), Qishloq xoʻjaligi (4,2 mlrd soʻm), Mudofaa (3,2 mlrd soʻm), Madaniyat (2,6 mlrd soʻm) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd soʻm), Oʻrmon xoʻjaligi (4,4 mlrd soʻm), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd soʻm) davlat qoʻmitalari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd soʻm), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd soʻm), hokimliklar huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd soʻm)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan hududlar qoʻyidagicha:
Sirdaryo (52,8 mlrd soʻm)
Andijon (33,2 mlrd soʻm)
Jizzax (28,3 mlrd soʻm)
Toshkent (24,1 mlrd soʻm)
Fargʻona (19,6 mlrd soʻm)
Surxondaryo (18,6 mlrd soʻm)
Qashqadaryo (15,6 mlrd soʻm)
Samarqand (15,5 mlrd soʻm)
Buxoro (11 mlrd soʻm)
Namangan (10,4 mlrd soʻm)
Xorazm (8,7 mlrd soʻm)
Navoiy (2,1 mlrd soʻm)
Toshkent shahrida (21,1 mlrd soʻm)
Qoraqalpogʻiston Respublikasida (29,1 mlrd soʻm).
Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 12 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, koʻrib chiqish uchun maʼmuriy sudlarga yuborilgan.
Bundan tashqari, 2 696ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd soʻmlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader