Britaniya elchisi O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpespredstavitel prezidenta Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev i Chrezvichayniy i Polnomochniy posol Velikobritanii v Uzbekistane Tim Torlot
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev i Chrezvichayniy i Polnomochniy posol Velikobritanii v Uzbekistane Tim Torlot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya elchisi Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarni evakuatsiya qilishda faol yordam ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Buyuk Britaniya elchisi tranzit orqali O‘zbekiston hududidan o‘tayotgan Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarni, shuningdek, mahalliy afg‘on xodimlarini evakuatsiya qilishda faol yordam ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Muloqotda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Britaniya o‘zaro munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Evakuirovannie iz Afganistana v samolete Airbus A400 VVS Germanii v Tashkente, Uzbekistan. Snimok sdelan 21-avgusta 2021 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Yangiliklar lentasi
0