Kolumnistlar

Huquq nuqtai-nazaridan zoʻrlik bilan ukrainlashtirish

© REUTERS / Valentyn OgirenkoFlag Ukrainы na fone Monumenta Nezavisimosti na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve, 2016 god
Flag Ukrainы na fone Monumenta Nezavisimosti na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve, 2016 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Yevropaning eng rivojlangan davlatidan fuqarolar urushi domida qolgan, hududining bir qismini yoʻqotgan va toʻliq iqtisodiy tanazzulga uchragan yoʻlni bosib oʻtgan bunday mamlakatni topish amrimahol. Bunda zoʻrlik bilan ukrainlashtirish muhim rol oʻynadi, desak yanglishmaymiz.
Olga Suxarevskaya, tashqi siyosat magistri, huquqshunos – Sputnik uchun maxsus
Oʻttiz yil - tarixiy koʻlamda oladigan boʻlsak - bu bir lahza. Ammo Ukraina uchun - uning davlatchiligi mavjud boʻlgan davr sanaladi. Shunday bir vaqt oraligʻida Yevropaning eng rivojlangan davlatidan fuqarolar urushi domida qolgan, hududining bir qismini yoʻqotgan, toʻliq iqtisodiy inqirozga uchrashgacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan bunday mamlakatni topish qiyin. Bunda zoʻrlik bilan ukrainlashtirish roli katta boʻlgan, albatta. Agar kimdir rus tilida soʻzlashuvchi aholining etnotsidi faqat 2004 va 2014 yillardagi rangli inqiloblardan keyin boshlangan deb oʻylasa, yanglishadi.

Hammasi qanday boshlangan edi?

SSSR parchalanishi paytida hozirgi Ukrainaning aholisi asosan rusiyzabon edi. Ukrain tili faqat mamlakatning gʻarbiy hududlarida keng qoʻllanilgan. "Mustaqillik uchun kurash" va Galich millatchilari bilan "doʻstlik poyezdlari" tashriflari boshlangach, rus tilida soʻzlashuvchilar Ukrainaning millatchi davlatga aylanishidan havotir ola boshlashgani bejizga emas edi.
Jenщina ubirayet musor vo dvore jilogo doma v Donetske, postradavshego v rezultate obstrela - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Dunyoda
Demokratiya faqat soʻzda: Ukraina qanday qilib repressiya va tsenzura mamlakatiga aylandi
1991 yilda Leonid Kravchuk mamlakat aholisini shunday ishontirgan edi: "Ruslarning zoʻrlik bilan ukrainlashtirilishiga zinhor yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Millati boʻyicha kamsitishga boʻlgan har qanday urinish qatʼiyan bostiriladi". Taassufki, unga ishonishdi va mustaqillikni qoʻllab-quvvatlashdi.
Vaʼdaga vafo qilmaslik Belovej bitimi siyohlari qurib ulgurmasidanoq boshlab yuborildi. Maktab taʼlimini ukrainlashtirish tizimi dinamikasi buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, mustaqillik eʼlon qilingach, oliy taʼlim dargohlarining barchasi majburiy tarzda ukrain tiliga oʻtkazildi.
1996 yilda millatchilar bosimi ostida Konstitutsiya qabul qilingan boʻlib, uning 10-moddasi ukrain tilini yagona davlat tili sifatida eʼlon qilgan. Murosa tarzida xuddi shu moddaning ikkinchi punktida rus tilini erkin rivojlantirish kafolatlangan edi. 2012 yilgacha "Ukraina SSRda til toʻgʻrisidagi qonun" amal qilgan, unga koʻra, rus tili xalqaro muloqot tili maqomiga ega boʻlgan.
Jiteli Xarkova na odnom iz izbiratelnыx uchastkov goroda vo vremya golosovaniya na prezidentskix vыborax na Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Analitika
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
Ammo ukrainlashtiruvchilar na qonun, na konstitutsiyani tan olardi. 1997-yilda Ukrainaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Leonid Kuchma jamiyat hayotining barcha sohalarini qonuniy tarzda ommaviy ukrainlashtirishni boshlab yubordi. Qiziqarli fakt: zamonaviy Ukrainaning bugungi kuniga aylangan "jazolovchi filologiya" aynan Kuchma qalamiga mansub. Oʻshanda "Ukrainada tillarni rivojlantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi paydo boʻlgan. Hujjatga koʻra, davlat tilida faoliyat yuritmagan OAVlarga nisbatan jarima belgilanib, ular litsenziyasidan mahrum etilgan.
1999 yilda Konstitutsiyaviy sud 10-moddaga rasmiy talqin berib, til nizolariga nuqta qoʻydi, talqinga koʻra, ukrain tili davlat tili sifatida butun Ukraina hududida davlat hokimiyati organlari ishidagina majburiy muloqot vositasi boʻlibgina qolmay, balki boshqa sohalarda ham shunday taʼsirga ega edi.
Natijada, 2012 yilga kelib, xalq deputatlari Vadim Kolesnichenko va Sergey Kivalov tillar toʻgʻrisida yangi qonun tayyorlaganda, Ukrainada rus tilini kamsituvchi amaldagi qonunlar soni 70 dan oshdi, qonunosti hujjatlari soni esa - bir necha mingga yetgan edi. Eslatib oʻtamiz, bu Asosiy qonun va tillar toʻgʻrisidagi sovet qonunidan tashqari qabul qilingan hujjatlar edi.
Ukraina SSR tillari toʻgʻrisidagi qonun bilan solishtirganda ancha hajmsiz boʻlgan Kivalov-Kolesnichenko qonuni hatto, rus tilini mintaqaviy til deb eʼlon qilish imkoniyatiyatini berdi va Ukrainaning qator janubi-sharqiy regionlari mahalliy kengashlari bundan foydalanishdi. Ammo 2014 yilgi davlat toʻntarishi hammasini yoʻqqa chiqardi.

Ukrainlashtirishdan etnotsid tomon

Sobiq SSSR hududida qonunlarning jiddiyligi ularni bajarish majburiy emasligi bilan qoplanadi, degan hazil yuradi. Yaqin vaqtlargacha shunday edi ham. Odamlar rasmiy tadbirlarda davlat tilida bir nechta iborani aytish bilan “nomerni oʻynab tugatar” va nutqni rus tilida davom ettirishardi.
Situatsiya v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Kolumnistlar
Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari
Mana shunday voqealar fonida millatchilar: "Qanaqa kamsitish? Kim sizlarga ruscha gapirishni man etyapti?", deya munofiqlarcha oʻzlarini tushunmaganga olishardi. Oʻzlari esa bu vaqtda til inspektorlarini joriy etish, hayotning barcha jabhalarida rus tilini toʻliq man qilish, "ukrain tilini kamsitganlik uchun" jinoiy javobgarlik va jarimalarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini tayyorlar edilar.
Pyotr Poroshenko oʻz hukmronligi davrida tasdiqlagan hujjat Oliy Radada 2005 yildan buyon yotardi. Munofiqlarcha "Qadr-qimmat inqilobi" deb nomlangan davlat toʻntarishidan soʻng, ukrainlashtirish tizimli etnotsid xarakteriga ega boʻldi.
Bu shunchaki quruq gaplar emasdi. YUNESKOning Lotin Amerikasidagi etnotsid va etnik rivojlanish boʻyicha konferentsiyasi qaroriga koʻra (San -Xose, 1981), etnotsid - bu "etnik guruhga oʻz madaniyati yoki tiliga ega boʻlish, uni rivojlantirish yoki tarqatish huquqidan mahrum boʻlgan vaziyatdir".
Ukrainada post-maydon rejimi mamlakatda yashovchi barcha xalqlarga oʻz tillarini rivojlantirish va undan foydalanishni bevosita taʼqiqlovchi qonunlar tizimini qabul qildi. Bundan faqat, qrim tatarlari, karaimlar va qrimliklar mustasno edi. Qolaversa, butun boshli huquq tizimi shunday tuzilgan ediki, kamsitish va yoʻq qilish choralari aynan rus tiliga qaratilgandi.
Flagi Ukrainы i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Analitika
Siyosiy va kredit qaramligi: YEI bilan doʻstlik Ukrainaga nima keltirdi
Shu tariqa, oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, Yevropa Ittifoqining rasmiy tillaridan biriga ega boʻlgan milliy ozchiliklar, bazaviy oʻrta taʼlimni davlat tilida 5 -sinfda 20% hajmda, 9 sinfda 40% gacha hajmda oladilar.
Boshqa ozchiliklar esa, asosan ruslar albatta, oʻqish vaqtida kamida 80% hajmda ukrain tilida taʼlim olishlari belgilandi. Milliy ozchiliklarning "sortlarga" boʻlinishi PASEning ikkiyuzlamachilik pozitsiyasi va Yevropa Ittifoqining Sharqiy Yevropa aʼzolari bosimi tufayli yuzaga keldi. Bunda 2020 yil sentyabr oyidan boshlab Ukrainadagi rus maktablari umuman tugatilganini aytishning oʻzi kifoya.
Ukrainskiye natsionalistы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Analitika
Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi
Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun "faollar" tomonidan oddiy ishchilarning ommaviy taʼqib qilinishiga olib keldi. Ishchilar ustidan til inspektorlariga "yumaloq xat" yozish avj oldi, buni oqibatida ular jarimaga tortildi va ishdan boʻshatildi.
Agar bunga shunchaki Rossiyaga, "rus dunyosiga" boʻlgan xayrixohlik uchun Ukraina hududiy yaxlitligini buzish, terrorizmni qoʻllab-quvvatlash va vatanga xiyonatda ayblanib uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilish xavfini qoʻshadigan boʻlsak, Ukrainada rus millatiga mansub boʻlish - katta jasoratga aylanib qoldi.
Sotsiologiya xulosalariga koʻra, odamlar oʻzlarini rus deb atashdan qoʻrqib qoldi. Agar 1989 yilda Ukrainada aholining 22,1% oʻzini rus deb atagan boʻlsa, 2001 yilda bu koʻrsatkich - 17,3%ni, 2018 yilda - atigi 6%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, koʻpmillatlilik ortida oʻzining rusligini yashirish fenomeni kuzatildi. Oʻzini rus deb hisoblaydigan kishilarning atigi 39 %i bitta millatni aytgan boʻlsa, ruslarning 30%i bir vaqtning oʻzida bir necha millatga mansubligini aytishgan.

Ukrainlashtirish = degradatsiya

Oʻn yillar davomida davom etgan va ochiqchasiga repressiya koʻrinishini olgan zoʻrlik bilan ukrainlashtirishlarga qaramay, Ukraina rus tilli davlatligicha qolmoqda.
"Ijtimoiy monitoring" markazining soʻnggi soʻrovi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aholisining faqat 31,9%i uyda ukrain tilida gaplashadi. Bu rasmiy soʻrov. Google maʼlumotlariga tayanadigan boʻlsak, unga koʻra 2019 yilda rus tili, ukrain tili va ingliz tilida yuborilgan soʻrovlar foizi 86%, 10% va 4%ni tashkil qilgan. Bu til inspektorlari va saroy sotsiologlaridan olisda mamlakat qaysi tilda gaplashishining yorqin namunasidir.
Ona tilida emas, begona tilda gapirish va taʼlim olish zarurati taʼlim sifatiga ham taʼsir koʻrsatmoqda. 2018 g. Ukrainani ilk marotaba xalqaro taʼlim tashkiloti PISA testdan oʻtkazdi.
Afganskiye jenщinы jdut razdachi besplatnoy pshenitsы v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Siyosat
Ukrainani Afgʻonistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Agar Ukraina va Rossiya ballarini solishtirsak, quyidagi holat kelib chiqadi: oʻqish – 466 (Ukraina) va 479 (Rossiya), matematika – 453 va 488 balldan, tabiiy fanlar – 469 va 478 balldan. Umuman olganda ukrainalik maktab oʻquvchilari rossiyalik oʻquvchilardan bir yilga ortda qolishmoqda.
Keyingi tadqiqot 2021 yilda oʻtkaziladi va oʻshanda dinamikaga baho berish mumkin boʻladi. Ammo eʼtiborga molik jihati, ukrainalik maktab oʻquvchilari "ona" tilidan imtihonlardan "yiqilishayotgani". Ukrain tili va adabiyotidan tashqi mustaqil test imtihonini 2018-yilda maktab bitiruvchilarining 14,5%i topshira olmagan boʻlsa, mamlakat tarixidan — 14,19% bitiruvchilar "yiqilgan".
Buning ajablanarli tomoni yoʻq. Tilshunos Yevgeniy Vereshchaginning soʻzlariga koʻra, yoshligida (14 yoshgacha) ona tilida emas, balki yaxshi oʻzlashtirilmagan chet tilda oʻqitish nafaqat tilni oʻrganishda, balki oʻqitilayotgan fanning maʼnosini tushunishda ham samarasiz boʻladi. Bu bolaning normal ruhiy rivojlanishi uchun ham xavflidir. U oʻzining ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqara olmaydi, uni oʻqituvchiga yetkaza olmaydi. Natijada aqliy zaiflik, yodlangan ojizlik, lingvopsixozlar, nevrozlar va psixosomatik kasalliklar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ham Ukrainada "faollar" koʻp emasmi?
Ukrainalik fuqarolarning Rossiyaga ommaviy emigratsiyasi ukrainlashtirishning "ommabopligidan" darak beradi. 2014-yildan 2021-yilning birinchi yarmiga qadar Ukrainaning 1 mln.dan ortiq aholisi Rossiya fuqaroligini qabul qildi. 2018-yilda Rossiya fuqaroligi hali DXR va LXRga taqdim etilmagan vaqtda, Rossiyada ukrainaliklar soni 0,5 mln.ga oshgan edi.
***
Bu yerda eng paradoksal narsa shu-ki, ukrain tiliga hech nima tahdid solgani yoʻq. Agar unda aholining uchdan bir qismi doimiy ravishda gapirsa, u aniq oʻlmaydi. Albatta, bu odamlar oʻz ona tillarida maʼlumot, taʼlim va xizmatlar olishga muhtoj.
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiya
Putin Ukraina toʻgʻrisida maqola yozdi
Ukrain tiliga boshqa til tashuvchilarining muloqot vositasi, maʼlumot olish va hokazo maqsadlar uchun boʻlgan talabi repressiv choralarga emas, balki davlat tilida taqdim etilayotgan kontent sifati va imkoniyatlarga bogʻliq.
Oʻttiz yillik etnotsid siyosati til landshaftining oʻzgarishiga emas, balki fuqarolar urushiga olib keldi. Xulosa chiqarish vaqti kelgani aniq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala