Jamiyat

Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ovoz beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Pandemiya davrida prezident saylovini oʻtkazishga oid yoʻriqnoma ishlab chiqildi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda prezident saylovi jarayonlariga qatnashuvchilarning koronavirusga chalinishining oldini olish maqsadida yoʻriqnoma ishlab chiqildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Yoʻriqnomani ishlab chiqishda Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozogʻiston mamlakatlarining pandemiya davrida saylov oʻtkazish tajribasi oʻrganilgan va IFES xalqaro saylov fondi tavsiyalari inobatga olingan.
Qurbonovning soʻzlariga koʻra, koronavirus bemorlarini davolashga moʻljallangan muassasalaga yopiq saylov uchastkalari maqomi berilgan.
Mustaqil yurish imkoniyati boʻlgan bemorlar shifoxonalarda maxsus tayyorlagan xonalarda ovoz berishlari tashkillashtiriladi.
Koronavirus infektsiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining turgan (yashash) joyida ovoz berish tashkil etiladi.
Saylovchi va komissiya aʼzolari oʻrtasida ijtimoiy masofa saqlangan holda saylovchining shaxsi aniqlanadi, soʻng komissiya aʼzosi saylovchiga tsellofan paketga solingan toʻplamni va imzo qoʻyishi uchun saylovchilar roʻyxatidan koʻchirmani beradi. Saylovchi niqob va qoʻlqopni taqqan holda saylov byulletenini olganligi haqida saylovchilar roʻyxati koʻchirmasiga imzo qoʻyadi. Saylovchiga yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi. Shundan soʻng, saylovchi saylov byulletenini koʻchma saylov qutisiga tashlaydi.
Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqoblaridan foydalanishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishlari lozim.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini oʻlchaydi, antiseptik vosita bilan qoʻllarini dezinfektsiya qiladi va himoya niqobida boʻlishini nazorat qiladi, zaruratiga koʻra himoya niqobi beradi.
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda prezident saylovi uchun okruglar tuzildi
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari zararsizlantiriladi.
Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37° S va undan yuqori boʻlgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi.
Bunda, tana harorati 37° S va undan yuqori boʻlgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida koʻchma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala