Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ovoz beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi jarayonlariga qatnashuvchilarning koronavirusga chalinishining oldini olish maqsadida yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Yo‘riqnomani ishlab chiqishda Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlarining pandemiya davrida saylov o‘tkazish tajribasi o‘rganilgan va IFES xalqaro saylov fondi tavsiyalari inobatga olingan.
Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bemorlarini davolashga mo‘ljallangan muassasalaga yopiq saylov uchastkalari maqomi berilgan.
Mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar shifoxonalarda maxsus tayyorlagan xonalarda ovoz berishlari tashkillashtiriladi.
Koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining turgan (yashash) joyida ovoz berish tashkil etiladi.
Saylovchi va komissiya a’zolari o‘rtasida ijtimoiy masofa saqlangan holda saylovchining shaxsi aniqlanadi, so‘ng komissiya a’zosi saylovchiga sellofan paketga solingan to‘plamni va imzo qo‘yishi uchun saylovchilar ro‘yxatidan ko‘chirmani beradi. Saylovchi niqob va qo‘lqopni taqqan holda saylov bulletenini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Saylovchiga yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi. Shundan so‘ng, saylovchi saylov bulletenini ko‘chma saylov qutisiga tashlaydi.
Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqoblaridan foydalanishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishlari lozim.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchaydi, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qiladi va himoya niqobida bo‘lishini nazorat qiladi, zaruratiga ko‘ra himoya niqobi beradi.
Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
O‘zbekistonda prezident saylovi uchun okruglar tuzildi
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari zararsizlantiriladi.
Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37° S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi.
Bunda, tana harorati 37° S va undan yuqori bo‘lgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi a’zosi hozirligida ko‘chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0