Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng miqyosli demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom etayotgan muhim tarixiy davrda mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.
TOShKENT, 25 avg - Sputnik. 25-avgust kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu, Polsha Respublikasi elchisi Radoslav Gruk, Tojikiston Respublikasi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Shveysariya Konfederatsiyasi elchisi Konstantin Obolenskiy va Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Tilo Klinnerdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng miqyosli demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom etayotgan muhim tarixiy davrda mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.
Amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, prezident xorijiy hamkor mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etdi.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v sammite ODKB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev
Joriy yil avgust oyining boshida Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, ushbu tadbir yaqin mintaqaviy hamkorlikning kun tartibi keng ekanligini yana bir bor namoyish etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston yetakchisi Afg‘onistondagi vaziyat rivoji bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Bugun ushbu mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar butun xalqaro hamjamiyatda tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlandi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida
O‘zbekiston afg‘on inqirozini tez fursatda tartibga solishga ko‘maklashish uchun muhim tashabbuslarni ilgari surayotgani va zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirayotgani qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z so‘zi yakunida diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Qisqa suhbatda diplomatlar samimiy qabul va mamlakatda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdilar. Elchilar mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.
Yangiliklar lentasi
0