Migratsiya

Oʻzbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

© Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi
91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
50 kishi Vladivastokka, 9 kishi Moskvaga va 32 kishi Chelyabinskka ishlash uchun joʻnab ketdi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Oʻzbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, agentlik hamda Rossiyaning Vladivostok viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan "Russkiy mintay" MCHJ oʻrtasida dengiz maxsulotlarini qayta ishlash uchun boʻsh ish oʻrinlariga Oʻzbeksiton fuqarolarini ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Povsednevnaya jizn - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2021
Migratsiya
Qirq nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi
Unga asosan, tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sugʻurta xizmatlari koʻrsatilgan. Migrantlar Fargʻona xalqaro aeroporti orqali Vladivastokka joʻnab ketgan. Yoʻl va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan.
Shuningdek, agentlik va Rossiyaning "MobiStaff" korxonasi oʻrtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent Moskva yoʻnalishidagi aviareys orqali joʻnab ketgan.
Bundan tashqari, "Promekskavatsiya" korxonasi oʻrtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro–Chelyabinsk yoʻnalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga joʻnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala