Tseremoniya zajjeniya Paralimpiyskogo ognya v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sportning 8 turida 55 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Paralimpiada 2020: uch nafar oʻzbekistonlik suzuvchi finalga yoʻl oldi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishOlimpiada-2020. Plavaniye.
Olimpiada-2020. Plavaniye.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Islom Aslanov, Muzaffar Tursunxoʻjayev va Shohsanamxon Toshpoʻlatova “batterflyay” usulida suzish boʻyicha finalga chiqdi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Tokioda XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari rasman boshlandi. Musobaqalarning ilk kunida besh nafar oʻzbekistonlik sportchi bahslarga kirishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Erkaklar oʻrtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish boʻyicha S13 klassda Muzaffar Tursunxoʻjayev va Islom Aslanov, ayollar oʻrtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish boʻyicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpoʻlatova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida qatnashdi.
Islom Aslanov 57.29 soniya vaqt bilan 1-oʻrinni egalladi. 57.73 soniya vaqt sarflagan yana bir oʻzbekistonlik sportchi Muzaffar Tursunxoʻjayev 3-oʻrinni egalladi. Shu tariqa ikkala Oʻzbekiston vakili ham final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Paralimpiyskiye igrы 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Infografika
Paralimpiada-2020 : Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilar roʻyxati
Ayollar oʻrtasidagi bahslarda Shohsanamxon Toshpoʻlatova 1 daqiqa 6.24 soniya vaqt bilan 1-oʻrinni egallagan holda final yoʻllanmasini naqd qildi.
Afsuski, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralashdan oʻta olmadi.
Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala