Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi

© SS0 / Unsplash / NosirFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
Bir guruh marhum ijodkorlar "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi. Farmon davlat rahbari saytida chop qilingan.
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan quyidagilar taqdirlandi:
Azizov Mirzajon Mamadjonovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktor
Aminov Ne’mat - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Asomov Obid Agzamovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi
Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Karimov Ergash - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktor
Qodirov Tavakkal - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Qurbonov Rahmatjon Xudarganovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Masudov Fatxulla Husanovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktor
Mirtojiyev Jaloliddin Tursunovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltarosh
Nizomov To‘lan (To‘lan Nizom) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Rahimov Kamoliddin - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboyev Mahmudjon G‘oziyevich - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Umarbekov O‘lmas Rahimbekovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Umarov Faxriddin - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Usnatdinov Sharap - Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xolmirzayev Shukur - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xudoyberdiyeva Halima Ummatqulovna - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoirasi
Xudoyshukurov Otajon - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Sharipov Husan Ortiqovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktor
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlarganlar:
Abduvahobov Abduraim Abdullaxayevich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktor
Bo‘ronov Ikromjon - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Jabborov Jumaniyoz - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri, dramaturg, tarjimon
Qodirjonova Dilnura - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, maqom ijrochisi
Matchanov Amanbay (Omon Matjon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Muxtorov Omon Sulaymonovich - O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, shoir, yozuvchi
Otajonov Ortiq - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahimov Mirzohid Sobitovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
Rahmonov Muhammadi - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboyev Hojimurod Shodiyevich (Hojiboy Tojiboyev) - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi
O‘tbosarov Abdumo‘min Abdumajitovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
Yangiliklar lentasi
0