Rossiya

Rossiyada "Katiba Tavhid val-Jihod"* guruhining 31 terrorchisi qoʻlga olindi - video

© Sputnik / FSB RF / Fotobankka oʻtishFSB RF presekla deyatelnost terroristicheskoy organizatsii
FSB RF presekla deyatelnost terroristicheskoy organizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Rossiya maxsus operatsiya natijasida "Katiba Tavhid val-Jihod"* guruhining 31 nafar terrorchisini qoʻlga oldi.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. FXX IIV va Rosgvardiya xodimlari bilan birgalikda "Katiba Tavhid val-Jihod" guruhining (Rossiyada taqiqlangan) 31 nafar terrorchisini qoʻlga oldi.
Maxsus operatsiya Moskva, Novosibirsk, Novosibirsk viloyati, Yakutsk, Krasnoyarsk va Kanskda oʻtkazildi.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, guruh aʼzolari yollanganlarni urush zonalariga joʻnatib, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirishgan, shuningdek, terrorchilik jinoyatlarini sodir etishga chaqirishgan.
Ularda taqiqlangan diniy adabiyotlar, targʻibot videolari, shuningdek aloqa, elektron axborot yigʻish vositalari va bank kartalari aniqlandi.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
"Katiba Tavhid val Jihod"* - radikal terrorchilik guruhi boʻlib, u Yaqin Sharqda qator teraktlarni sodir etgan.
* 2019 yilda Moskva okrug harbiy sudi qarori bilan Rossiyada uning faoliyati taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala