Jamiyat

Toʻrt kishi “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi

© SputnikMunojat Yulcheva
Munojat Yulcheva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Shavkat Mirziyoyev 4 kishiga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berdi. Ularga oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Farmon prezident saytida chop qilingan.
Oliy unvonga sazovor koʻrilganlar:
Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xoʻjaligi rahbari;
Shavkat Ayupov — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
Ibrohim Gʻofurov — Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Munojotxon Yoʻlchiyeva — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.
Farmonda ularga unvon mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatan obodligi, turmush farovonligini taʼminlash borasidagi katta xizmatlari, soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yoʻlidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgani qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala