Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ahmad Masʼud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya koʻmagiga umid qilmoqda

© AFP / WAKIL KOHSARAxmad Masud
Axmad Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Masʼud Rossiya tomoni siyosiy jihatdan aralashib, Afgʻonistonda zoʻravonlikning kuchayishining oldini olishga yordam berishiga umid bildirdi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Panjerdagi afgʻon milliy qarshilik koʻsatish harakati yetakchisi Ahmad Masʼud ularning “Tolibon”* vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishida Rossiya yordam berishi mumkin deb hisoblaydi.
Masʼudning fikricha, bundan Moskva manfaatdor, chunki agar Afgʻonistonda ekstremistik gʻoya joriy qilinsa, u butun Markaziy Osiyo va Rossiya janubida avj olishi mumkin.
“Men oʻylaymanki, Moskva biz va “Tolibon”* oʻrtasida favqulodda sulh muzokaralariga oʻxshash biror bir narsani oʻtkazishda koʻmak bera oladi va ularni muzokaralarga kelishga koʻndira oladi. Bu imkoni boʻlgan va bizga yordam beradigan narsa”, - dedi Ahmad Masʼud RBK bilan suhbatda.
Shuningdek, u Rossiya tomoni siyosiy jihatdan aralashib, Afgʻonistonda zoʻravonlikning kuchayishining oldini olishga yordam berishiga umid bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ahmad Maʼsud toliblar yetakchisi bilan muzokara oʻtkazdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala