Ahmad Mas’ud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya ko‘magiga umid qilmoqda

© AFP / WAKIL KOHSARAxmad Masud
Axmad Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Mas’ud Rossiya tomoni siyosiy jihatdan aralashib, Afg‘onistonda zo‘ravonlikning kuchayishining oldini olishga yordam berishiga umid bildirdi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Panjerdagi afg‘on milliy qarshilik ko‘satish harakati yetakchisi Ahmad Mas’ud ularning “Tolibon”* vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishida Rossiya yordam berishi mumkin deb hisoblaydi.
Mas’udning fikricha, bundan Moskva manfaatdor, chunki agar Afg‘onistonda ekstremistik g‘oya joriy qilinsa, u butun Markaziy Osiyo va Rossiya janubida avj olishi mumkin.
“Men o‘ylaymanki, Moskva biz va “Tolibon”* o‘rtasida favqulodda sulh muzokaralariga o‘xshash biror bir narsani o‘tkazishda ko‘mak bera oladi va ularni muzokaralarga kelishga ko‘ndira oladi. Bu imkoni bo‘lgan va bizga yordam beradigan narsa”, - dedi Ahmad Mas’ud RBK bilan suhbatda.
Shuningdek, u Rossiya tomoni siyosiy jihatdan aralashib, Afg‘onistonda zo‘ravonlikning kuchayishining oldini olishga yordam berishiga umid bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Ahmad Ma’sud toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0