Madaniyat

Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Kinematografiya agentligining buyurtmasiga binoan “Alisher Navoiy” nomli hujjatli film ishlandi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Xalq yuragi” turkumiga kiruvchi “Alisher Navoiy” nomli hujjatli tarixiy film suratga olindi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga koʻra, kartina oʻzbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy shaxsiga boʻlgan qarashlarning yangicha talqini asosida ishlangan. Unda tarixiy-badiiy rekonstruktsiyalar, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari – navoiyshunos olimlarning intervyularidan foydalanilgan.
Pamyatnik Amiru Temuru v Tashkente. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Madaniyat
Turkiya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda Amir Temur haqida serial suratga olinadi
Stsenariy muallifi Furqat Usmonov, sahnalashtiruvi rejissyor Shohrux Rasulov. Rollarni Muhammad Rafiqov, Elmurod Shodiyev, Gʻayrat Boymirzayev, Anvar Azimov, Asal Abdullayeva, Ali Choriyev ijro etishgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar “Xalq yuragi” turkumidan “Ogahiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “Zulfiya”, “Muhammad Yusuf”, “Berdaq” kabi jami 24 ta film ishlandi. Ular bugungi kunda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etilmoqda.
“Alisher Navoiy” film “Spektre” studiyasi tomonidan ishlangan. Mazkur kartina ham Mustaqillik bayrami arafasida tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala