Dunyoda

Argentinada “Sputnik V” vaktsinasidan soʻng himoya qachon shakllanishi aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaktsinы Gam-KOVID-Vak
Meditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaktsinы Gam-KOVID-Vak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Rossiyaning “Sputnik V” preparati bilan emlanganidan keyin koronavirus infektsiyasidan himoya 6 oy davomida asta-sekin oʻsishni boshlaydi.
TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” preparati bilan emlanganidan keyin koronavirus infektsiyasidan himoya 6 oy davomida asta-sekin oʻsishni boshlaydi. Argentinalik olimlar shunday xulosaga kelishdi, tadqiqot medrxiv.org portalida berilgan.
Tajribalarga turli institut va tibbiyot muassasalari mutaxassislari jalb qilindi, xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buenos-Ayres universiteti, Sent-Luisdagi Vashington Amerika universiteti va boshqalar.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi
Tadqiqotchilar Rossiya vaktsinasi bilan emlangan odamlarninng 1,8 ming qon zardobi namunasini oʻrganib chiqishdi. Namunalar yanvaridan avgustigacha olindi. Olimlar antitanachalarning shakllanishi va "alfa" (Britaniya), "beta" (Janubiy Afrika), "gamma" (Braziliya), "delta" (Hindiston) va "lyambda" (Peru) shtammlariga qarshi turish xususiyatini kuzatdilar.
Rossiyalik toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi argentinaliklarning ilmiy ishidan parchalar preparatga bagʻishlangan veb-saytga joylashtirdi. Maʼlumotda koronavirusning mutatsiyalarni oʻz ichiga olgan yangi shtammlaridan himoyalanish emlashdan keyingi olti oy ichida "neytrallashtiruvchi antitanachalarning neytrallashtiruvchi samaradorligining oshishi natijasida" kuchayishi qayd etilgan. Bu, ayniqsa, "beta" va "gamma" shtammlarida koʻringan.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Rossiya
"Sputnik Layt" va Pfizer vaktsinalari birikmasi delta-shtammdan kuchliroq himoyalashi mumkin
Argentinalik olimlar tomonidan olib borilgan ishlar, emlashdan keyin 120 kundan keyin antitanachalarni orlarni zararsizlantirish qobiliyati emlashdan keyin 42 kun davomida kuzatilgan koʻrsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada oshganini tasdiqladi.
“Sputnik V” vaktsinasi Argentinada oʻtgan yilning dekabr oyida roʻyxatga olingan. Argentina bu vaktsinani qoʻllashga ruxsat bergan Rossiya va Belarusdan keyin dunyodagi uchinchi davlat hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala