Jamiyat

Ishdan boʻshatilgan bank xodimasiga ish haqi va maʼnaviy zarar undirib berildi - BP

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Sobiq bank xodimasi N.Fayziyevaga 31 mln. soʻm ish haqi, 6 mln. soʻmdan ortiq maʼnaviy zarar undirish belgilandi.
TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Bosh prokuratura fuqaro N.Fayziyevaning mehnat nizosiga oid sud qarorlaridan noroziligi haqidagi murojaatini oʻrganib chiqdi.
Aniqlanishicha, N.Fayziyeva “Poytaxtbank” AJda ishlab kelib, bankning tashabbusiga koʻra, 11.09.2019 yilda ishdan boʻshatilgan.
Lekin bank kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan N.Fayziyeva bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda qonun talablariga rioya etilmagan.
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Hodisalar
MIB xodimi qariyb 590 mln soʻmni oʻzlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura
Birinchi instantsiya sudi ish holatlariga toʻgʻri baho bergan holda daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan boʻlsada, apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlari qonunga zid ravishda uning talablarini rad etib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilgan.
Mazkur sud ajrimlariga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest keltirildi.
Ish 19.08.2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrilib, Bosh prokuratura protesti qanoatlantirildi.
Natijada N.Fayziyevaga 31 mln. soʻm ish haqi, 6 mln. soʻmdan ortiq maʼnaviy zarar undirish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala