Klimov: ekstremistlar Afg‘onistondan KXShT davlatlariga qochoq sifatida kirishga urinmoqda

© AFP 2023Evakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyalik parlamentariy Andrey Klimov afg‘on ekstremistlari qochoq ko‘rinishida KXShT mamlakatlari hududiga kirib borishidan tashvishda
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Afg‘onistondagi voqealar tufayli Rossiya chegaralari atrofidagi vaziyat xavfsizlik sohasidagi qonunchilikka o‘zgarishlar kiritilishini talab qilishi mumkin, dedi RIA Novosti bilan suhbatda RF davlat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha Federatsiya Kengashi komissiyasi rahbari Andrey Klimov.
"Biz shuni aniq bilamizki, ekstremistlar qochoqlar ko‘rinishi ostida MDH, KXShT hududlariga kirib borishni istamoqda", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavf so‘zsiz munosabatni talab qiladi.
Axmad Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Ahmad Mas’ud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya ko‘magiga umid qilmoqda
Klimovning tushuntirishicha, qonunchilik sohasidagi tashabbuslar migratsiya, chegara oldi bo‘yicha hamkorlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu mavzularning barchasini "Armiya-2021" xalqaro harbiy-texnik forumi doirasida muhokama qilish rejalashtirilmoqda, deya qayd etdi senator.
Klimov shuningdek, Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishi shu jumladan, RF chegarasi oldidagi vaziyatni izdan chiqarishga yo‘naltirilganini ta’kidlab o‘tdi.
"AQSh bizning chegaralarimiz atrofidagi tinchlikni beqarorlashtirishga, bizga muammo yaratishga urindi. Va ular shunday qilmoqda. Ular qurolni ekstremistlarga tashlab ketmoqda. Mana shunday tushunarsiz vaziyatda ular u yoqda agenturani qoldirdi", - deb xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0