Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyoti oʻqqa tutildi

© REUTERS / US MARINESEvakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Kobul aeroportida Italiya havo kuchlariga tegishli samolyot oʻqqa tutildi - OAV
TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Kobul aeroportida Afgʻonistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishda ishtirok etayotgan Italiya havo kuchlari samolyotlari oʻqqa tutildi, deb xabar qildi Agi agentligi harbiy manbalariga asosan.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistonda Ukraina samolyoti olib qochildi
Samolyotda jurnalistlar va 98 nafar fuqaro boʻlgan. Taxminlarga koʻra, C-130J aeroportdan uchib chiqqach darhol ogʻir avtomatik qurollardan oʻqqa tutildi. Agentlik qayd etishicha, otishma aeroport tashqarisidan yoki yaqin tepalikdan amalga oshirilgan.
Yoʻlovchi va ekipaj aʼzolaridan hech kim yaralanmadi.
Samolyot qoʻmondoni favqulodda manevr qildi. Samolyot Kuvaytga yoʻl oldi, u yerdan yoʻlovchilar boshqa samolyotda Italiyaga uchadi.
Keyinchalik Corriere della Sera nashri "Italiya razvedkasi Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyotiga emas, balki aeroport hududiga kirishga urinayotgan olomonni haydash uchun oʻq otilgan", - deb xabar qildi.
Eslatib oʻtamiz, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirgandi.
"Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala