Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMedik gotovit shpris s vaksinoy
Medik gotovit shpris s vaksinoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan ommaviy emlash jarayonlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar ayta ko‘rib chiqildi. emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, emlanishi lozim bo‘lgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini muassasalarining ro‘yxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd qilinadi.
Emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qo‘yiladi.
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar:
koronavirus kasalligining o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlar;
laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo‘lmagan shaxslar;
koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.
Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:
anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo‘lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lganda);
homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot yetarli emasligi sababli);
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
anamnezida tug‘ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar;
vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar.
Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaksinalarning yo‘riqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi.
O‘zbekistonda shu kungacha 13 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va 1,55 milliondan ziyod fuqaro to‘liq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0