Hodisalar

“Men zamministrning ikkinchi xotiniman”: Toshkentda qoidabuzar ayol janjal koʻtardi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Toshkentda qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga qarshilik koʻrsatdi
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir ayol IIO xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan oʻzini vazir oʻrinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 30 iyul kuni Uchtepa tumani KXAY koʻchasida oʻtkazilayotgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektori “Nexia-3” avtomobiliga toʻxtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi inspektorning qonuniy talabiga boʻysunmasdan oʻz harakatini davom ettirgan.
Koʻrilgan chora tadbirlar natijasida mazkur transport vositasi KXAY va Farxod koʻchalari kesishmasida toʻxtatilgan.
Avtomobil haydovchisi 25 yoshli E.M. avtotransport vositasini texnik qayd etish guvohnomasidan tashqari boshqa xujjatlarni taqdim eta olmagan.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Hodisalar
Samarqandda oʻgʻirlik qilayotgan erkak IIB xodimiga qarshilik koʻrsatib, unga jarohat yetkazdi
Shundan soʻng, javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida qoidabuzar va uning 22 yoshli ukasi E.U. IIO xodimlarining faoliyatiga toʻsqinlik qilib, janjal koʻtargan.
Ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qoʻllanilgan.
Xabarda oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida qoidabuzar E.M.ning hech qaysi vazir oʻrinbosariga aloqasi yoʻqligi aniqlani qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala