Jamiyat

Oʻzbekistonda endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar 6 oygacha qamalishi mumkin

CC0 / Unsplash / Jametlene Reskp / Щenki. Illyustrativnoye foto
Щenki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish uchun javobgarlik kuchaytirildi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa – 12 mln 250 ming soʻm jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qoʻllanilishi belgilandi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Vыstavka kotyat KoShariki Shou - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2020
Jamiyat
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Avvalroq Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala