Hodisalar

Oʻzbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi boʻlgan haydovchi qoʻlga olindi

© Sputnik Amir IsayevUnichtojeniye nezakonnыx narkoticheskix veщestv, arxivnoye foto
Unichtojeniye  nezakonnыx narkoticheskix veщestv, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Jami 96,6 kilogramm ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalarining respublika hududiga yashirincha olib kirilishining oldi olindi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Surxondaryo viloyatida bojxonachilar qariyb 100 kiloga yaqin giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan haydovchini ushladi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, "Sariosiyo" chegara bojxona postiga 25 avgust kuni tungi soat 03:30 larda qoʻshni davlat fuqarosi boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi kirib kelgan.
Haydovchi hujjatlarda koʻrsatilganidek, avtotransport vositasiga 20 tonna ogʻirlikdagi ip kalava yuklanganini aytadi.
Ammo avtomobil tirkamasi belgilangan tartibda xizmat iti koʻmagida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, tirkamaning old tomoni pastki qismiga xufiyona tarzda jami 93 dona polietilen oʻramlar yashirilgani fosh qilingan.
Meropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Jamiyat
“Zahri qotil”: Toshkentda 1,3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi — video
Yashil va qizil ranglardagi 82 ta oʻramga 85 kilogramm 505 gramm ogʻirlikdagi geroin hamda 11 dona sariq rangli oʻramga 11 kilogramm 425 gramm ogʻirlikdagi gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Jami 96 kilogramm 930 gramm ogʻirlikdagi narkotik musodara qilingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Oʻzbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangani xabar qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala