O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi aytildi

© AP Photo / Jafar KhanAfganskie bejensi vyezjayut v Pakistan cherez pogranichniy perexod v Chamane
Afganskie bejensi vyezjayut v Pakistan cherez pogranichniy perexod v Chamane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini davom ettirmoqda
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n skkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farhod Arziyev bayonot qildi.
Xususan, Arziyevning ta’kidiga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. O‘zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. "Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi", - degan vazir o‘rinbosari.
Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0