Siyosat

Polsha prezidenti Oʻzbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi

© AFP / KENZO TRIBOUILLARDPrezident Polshi Adjey Duda
Prezident Polshi Adjey Duda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Mirziyoyev va Duda Afgʻonistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Polsha prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni davom ettirish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Taʼkidlanishicha, davlat rahbarlari Afgʻonistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.
“Polsha Prezidenti fuqarolarni Afgʻonistondan mamlakatimiz hududi orqali Polshaga evakuatsiya qilish boʻyicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishga koʻrsatilayotgan har tomonlama koʻmak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal qilish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Spetspredstavitel prezidenta Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev i Chrezvыchaynыy i Polnomochnыy posol Velikobritanii v Uzbekistane Tim Torlot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Siyosat
Britaniya elchisi Oʻzbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala