Prezident qator vazirlar va hokimlarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va iqtisodiy-ijtimoiy soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan jami bo‘lib 500 nafardan ziyod kishi, jumladan, 30 nafardan ortiq hokim, bir qator vazirlar, davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari turli mukofotlarga loyiq topilgan.
Farmonga ko‘ra,
Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov – “Do‘stlik” ordeni bilan;
Transport vaziri Ilhom Mahkamov – “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan;
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlarning 33 nafari hokimlardir. Jumladan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev – “”O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni;
Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimlari Ergash Soliyev hamda Farhod Ermanov “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
Munojat Yulcheva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
To‘rt kishi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0