Qashqadaryoda ota mast holatda o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Janjal vaqtida ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Qashqadaryoda mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.
Hodisa Chiroqchi tumanida yuz bergan.
Tumanning IIB navbatchilik qismiga "Tarag‘ay" MFYda yashovchi A.B.ning o‘z uyida vafot etgani haqidagi xabar kelib tushgach, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan.
Aniqlanishicha, 25-avgust kuniga o‘tar kechasi A.B spirtli ichimlik iste’mol qilib, yashash uyiga kelib, o‘g‘li A.B. bilan o‘zaro og‘zaki tortishib, janjallashib qolgan.
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
“Men zamministrning ikkinchi xotiniman”: Toshkentda qoidabuzar ayol janjal ko‘tardi
Janjal vaqtida ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan o‘g‘il 25-avgust kuni yashash uyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 25.08.2021 yilda Chiroqchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan A.B.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro A.B. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Yangiliklar lentasi
0