Soxta o‘t o‘chiruvchilar va mo‘ri tozalovchilar biznesi O‘zbekistonda ommalashmoqda

© MVD RUzV Alatskom rayone obnarujeni falshivie pojarnie i trubochisti
V Alatskom rayone obnarujeni falshivie pojarnie i trubochisti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyati Olot tumanida soxta o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilar aniqlandi
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati 2020-2021 yillar davomida viloyatning Olot tumanida soxta o‘t o‘chiruvchilar va mo‘ri tozalovchilar "ish qilgani" haqida xabar berdi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, noma’lum shaxslar tumanda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, dudburonlarini tozalash, o‘t o‘chirish xizmati ko‘rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko‘zdan kechirib, aholidan va ijtimoiy soha obyektlaridan garchi biror-bir xizmat ko‘rsatmagan bo‘lsalar-da, xizmat ko‘rsatganliklarini bildirib, 49 ta holatda 25 000 so‘mdan pul mablag‘larini yig‘ib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2021
Markaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlikka chaqirdi
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.
Natijada ushbu jinoyatni, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yashovchi, 1994 y.t. "Gaz va elektrdan maxsus nazorat" MChJ rahbari J.M. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu fuqaroning yana shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi
"Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar sizning xonadoningiz yoki ishxonangizga kelib ma’lum haq evaziga dudburonlarni tozalash, o‘t o‘chirish xizmati ko‘rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko‘zdan kechirib amalda hech qanday xizmatlar ko‘rsatmaydigan ushbu toifa shaxslar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar boshqarmasining 102 avtomatlashtirilgan tizim orqali xabar berishingizni so‘rab qolamiz", - deyiladi IIV xabarida.
Yangiliklar lentasi
0