Jamiyat

Tez orada Toshkent metro bekatlarida aloqa kompaniyalari va bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVxod na stantsiyu Kosmonavtov v Tashkentskom metro
Vxod na stantsiyu Kosmonavtov v Tashkentskom metro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Shuningdek, Toshkent metropoliteni yoʻlovchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri va eng muhimi tezkor muloqotni yoʻlga qoʻymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda "Metropoliten - yoʻlovchi" portali ochiladi.
TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Tez orada Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari va bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, metropolitendagi xizmatlar turlarini koʻpaytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil aloqa vositasi (USELL) va bepul internet tarmogʻi (WI-FI) ishlayapti.
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Iqtisod
Rossiyadan Oʻzbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi
Metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Toshkent metropoliteni yoʻlovchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri va eng muhimi tezkor muloqotni yoʻlga qoʻymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda "Metropoliten - yoʻlovchi" portali ochiladi.
Ushbu portal orqali barcha yoʻlovchilar metropoliten faoliyati boʻyicha taklif va eʼtirozlarini bildirishi mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala