Tez orada Toshkent metro bekatlarida aloqa kompaniyalari va bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVxod na stansiyu Kosmonavtov v Tashkentskom metro
Vxod na stansiyu Kosmonavtov v Tashkentskom metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va eng muhimi tezkor muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda "Metropoliten - yo‘lovchi" portali ochiladi.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Tez orada Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari va bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, metropolitendagi xizmatlar turlarini ko‘paytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil aloqa vositasi (USELL) va bepul internet tarmog‘i (WI-FI) ishlayapti.
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravleni 20 novix vagonov metro TMX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi
Metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va eng muhimi tezkor muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda "Metropoliten - yo‘lovchi" portali ochiladi.
Ushbu portal orqali barcha yo‘lovchilar metropoliten faoliyati bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0