Toliblar Afg‘onistonning sobiq prezidentini uy qamog‘iga olishdi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishEks-prezident Islamskoy respubliki Afganistan Xamid Karzay
Eks-prezident Islamskoy respubliki Afganistan Xamid Karzay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay va milliy yarashuv bo‘yicha kengash rahbari Abdulla Abdulla uy qamog‘iga olingan, deb xabar qilmoqda CNN o‘z manbasiga tayangan holda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan.
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin
Chorshanba kuni harakat Abdullaning uyida tintuv o‘tkazgan va uni qo‘riqchi hamda avtomobillardan mahrum etgan.
"Karzay va Abdulla hozir uy qamog‘ida o‘tirishibdi. Ular qo‘riqchidan mahrum etilib, "Tolibon"* nazoratida", - deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda.
Ilgariroq afg‘on OAVlari, Karzay va Abdulla, shuningdek, Islom partiyasi yetakchisi Gulbeddin Hikmator Afg‘onistonni boshqarish bo‘yicha "Tolibon"* harakati tomonidan shakllantirilayotgan kengash tarkibiga kiritilishlari haqida xabar tarqatgan edi.
Ta’kidlanishicha, kengashdan 12 kishi shu jumladan, "Tolibon"* siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar va "Tolibon"* harbiy komissiyasi boshlig‘i Mulavi Yakub o‘rin olishi aytilgandi.
* RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0