Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRestoran
Restoran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan:
2021 yil 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;
2023 yil 1-sentabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda tegishli soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin.
Restoran v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi
Shuningdek, qaror bilan tijorat banklarining umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun bank xizmatlarining turli xil instrumentlaridan foydalanib, ular qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0