Jamiyat

YTH toʻgʻrisida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Xabarnoma YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida"gi qonunga qoʻshimchalar kiritilgan. Unga muvofiq, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish asoslari belgilangan.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma — sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi haqida sugʻurtalovchiga xabar berish uchun hodisa sodir etilgan joyda unda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Xabarnoma YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi.
Qonun bilan haydovchilar tomonidan xabarnomani rasmiylashtirish maʼmuriy javobgarlikka tortilishni istisno etuvchi holat etib belgilandi.
Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 133-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan hollarda YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan YTH toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan taqdirda haydovchi javobgarlikka tortilmasligi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala