Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi

© AFP 2023 / Shakib Rahmani Afganskie jiteli naprotiv amerikanskix soldatov v aeroportu Kabula
Afganskie jiteli naprotiv amerikanskix soldatov v aeroportu Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Obuna bo‘lish
Kobul aeroporti yaqinidagi portlashlarda 1,3 ming nafardan ortiq kishi jarohatlandi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kobul aeroporti yaqinidagi portlashlarda 1,3 ming nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba ma’lum qildi.
Teraktlar oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi, 1338 kishi yarador bo‘ldi.
Lyudi begut k terminalu Kabulskogo aeroporta posle zaxvata prezidentskogo dvorsa gruppirovkoy Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Kobul aeroportida portlash yuz berdi
Bundan avval Wall Street Journal nashri kamida 90 afg‘on halok bo‘lgani haqida yozdi. Shuningdek, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 13 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi.
Kuni kecha Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash yuz berdi – ulardan bittasi – Baron oteli yaqinida, u yerda xorijliklar, jumladan AQSh va Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Birinchi portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirdi, keyinchalik avtomobil portladi.
OAV "Islom davlat"* aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini xabar qildi. Vashington bu hujumlarda "IShID"*ga kiruvchi “Viloyat Xuroson” ishtirok etgan deb hisoblaydi.
AQSh prezidenti Jo Bayden “Viloyat Xuroson” yetakchilari va obyektlariga zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0