Jamiyat

Mustaqillik bayrami tadbirlari ochiq maydonlarda oʻtkaziladi

Feyerverk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Mustaqillik bayrami munosabati bilan ochiq maydonlarda sayillar, kontsert tomoshalari va koʻngilochar dasturlar tashkil etiladi.
TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Soʻnggi kunlarda respublikada koronavirus bilan kasallanish koʻrsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami tadbirlarini koʻtarinki ruxda oʻtkazish maqsadida Koraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, kontsert tomoshalari va koʻngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar maʼqullandi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Jamiyat
Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi
Mustaqillikning oʻttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlashga masʼullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni taʼminlash shartligi belgilandi.
"Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, koʻngilochar muassasalarda niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini oʻlchash amaliyotlariga rioya etilishini soʻrab qoladi", - deyilgan vazirlik xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala