Jamiyat

Oʻzbekiston: 1200 dan ortiq kovid va pnevmoniya, 9 kishi vafot etdi

Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 841 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 153 204 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 841 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 153 204 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (87), Andijon viloyatida (41), Buxoro viloyatida (17), Jizzax viloyatida (28), Qashqadaryo viloyatida (15), Navoiy viloyatida (15), Namangan viloyatida (38), Samarqand viloyatida (79), Sirdaryo viloyatida (18), Surxondaryo viloyatida (51), Fargʻona viloyatida (83), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (105), Toshkent shahrida (242) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaktsina yaratildi

Pnevmoniya holatlari

361 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 22 505 nafarga yetdi. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 145 693 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 6 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1056 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 214,6 milliondan oshdi, 4,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (38,2 mln), Hindistonda (32,5 mln), Braziliyada (20,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala